13:15 / 09.08.2021
3664

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Otabek Tursinbekov O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) bosh konsuli etib tayinlandi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O.Tursinbekov 1987 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan.

2009-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.

Ma'lum qilinishicha, Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.

Top