«Dunyo» axborot agentligining xabar berişiça, tegişli kelişuvga Özbekistonning Aqtau şahridagi Boş konsuli va «Aqtau dengiz savdo porti» rahbariyati iştirokidagi uçraşuvda erişilgan.
Uçraşuvda port orqali Özbekiston mahsulotlarini yaqin va uzoq xorijga eksport qiliş masalalari muhokama qilingan.
Aqtau dengiz porti Kaspiy dengizning şarqiy qismida, Qozoğistonning Mangistau viloyati hududida joylaşgan. Onlayn xaritalarda Nukusdan bu portgaça bölgan eng yaqin masofa 980 km ekanini köriş mumkin.

Aqtau dengiz porti orqali töğridan töğri Ozarboyjon, Eron, Rossiya va Turkmanistonga çiqiş mumkin. Şuningdek, port orqali dengizdan ötgaç boşqa davlatlar hududi orqali Turkiya va Yaqin Şarq mamlakatlariga boriş mumkin böladi.
Ukrainadagi mojaro fonida Özbekiston savdo uçun yangi tranzit yöllarni qidirib topiş va foydalaniş böyiça faol muzokaralarga kirişgan.
Xususan, 19 mart kuni Özbekiston va Pokiston örtasidagi tranzit savdosi töğrisidagi kelişuv asosida hindistonlik savdogar ilk bor Özbekistonga tijorat yukini yuborgani xabar berilgan edi.
Şuningdek, Pokiston rasmiylari bu tranzit muntazam ravişda amalga oşirilişi, Özbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kiriş imkoniyatiga ega bölişini bildirgan.

















