Aviakompaniya xabariga köra, Aqtau xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilişni va amalga oşirişni yopgani munosabati bilan, 2022 yil 5 yanvar kuni amalga oşirilişi rejalaştirilgan HY-9725/9726 Urganç – Aqtau – Urganç yönalişi böyiça muntazam qatnovlari bekor qilindi.

Qayd etilişiça, uşbu yönaliş böyiça parvozlarni amalga oşiriş kunlari haqidagi qöşimça ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
⠀
Yölovçilar 5 yanvar kuniga Aqtauga bekor bölgan parvozlar aviaçiptalarining töliq qiymatini çipta sotib olingan joyda qaytarib olişlari yoki boşqa sanaga bepul qayta bronlaş huquqiga ega ekani eslatilgan.

Avvalroq, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Manğistau viloyati va Olmaotada favqulodda holat joriy qilgani ma’lum bölgan edi. Favqulodda holat mahalliy vaqt bilan 5 yanvar soat 01:30 dan 19 yanvarga qadar amal qiladi. 

Qozoğiston ğarbida avtogaz narxining oşişi munosabati bilan norozilik namoyişlari boşlandi, namoyişlar narxlarni pasaytiriş va’dasidan keyin mamlakatning boşqa hududlarini ham qamrab oldi. 1 yanvar kuni gaz narxi 60 tengedan 120 tengega kötarildi. Ikki kunlik mitinglardan söng Manğistau viloyatidagi yonilği quyiş şoxobçalari egalari narxni 80-90 tengega tuşirdi, biroq namoyişçilar buni yetarli emas deb hisoblamoqda.