Qozoğistonning Aqtau şahrida politsiya gaz narxi oşişiga qarşi ötkazilayotgan namoyişçilarga nisbatan kuç qöllaşni boşladi, deb xabar berdi “Lenta”.
Xabarda aytilişiça, politsiyaçilar bir-birlarining qöllarini çaliştirib, namoyişçilarni kuç bilan siqib çiqarmoqda.
Şuningdek, xabarlarga köra, namoyişçilar Aqtau aeroporti yölini tösib qöyişgan.
2 yanvar kuni Qozoğistonning Manğistau oblasti Janaözan şahri aholisi gaz narxi kötarilganidan norozilik bildirgan va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirişni talab qilib, namoyişga çiqqan. Namoyişlar 3 yanvar kuni ham davom etgan.
3 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev respublika hukumatiga “Janaözandagi vaziyatni zudlik bilan körib çiqiş” böyiça topşiriq berganini ma’lum qilgan.
Öz navbatida, vazirlar mahkamasi Manğistau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni körib çiqiş böyiça komissiya tuzilganini va gaz narxini barqarorlaştiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirgan.
Avvalroq Manğistau oblasti ma’muriy markazi Aqtau şahri aeroportiga ikkita harbiy-transport samolyotlari yetib kelgani xabar qilingandi.
Manğistau oblastidagi noroziliklar fonida respublikaning yirik şaharlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani aytilmoqda.


















