12:55 / 19.08.2021
9779

Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2021 yil 19 avgust kuni taxminan soat 01:30larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 31 yoshli fuqaro «Lacetti» rusumli avtomobilni boshqarish davomida piyodani urib yuborgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda, 51 yoshli fuqaro jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top