15:17 / 01.09.2021
4466
Delta shtammi dunyoning 170 mamlakatida qayd etildi

Alfa shtammi 193, beta shtammi 141 va gamma shtammi 91 mamlakatda aniqlangan.

Foto: Yuriy Xodzitskiy

Koronavirusning delta shtammi dunyoning 170 mamlakatida qayd etildi, deb xabar berdi JSST matbuot xizmati.

Mazkur shtamm birinchi marta Hindistonda aniqlangandi.

Qayd etilishicha, alfa shtammi 193, beta shtammi 141 va gamma shtammi 91 mamlakatda aniqlangan.

O‘tgan bir hafta davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 4 mln 395 mingta holat qayd etildi.

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 218,6 milliondan oshgan, 4,5 milliondan ziyod bemor vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top