17:37 / 09.09.2021
5376
“Birorta muhtoj inson e'tibordan chetda qolmaydi” – Aktam Xayitov

O‘zLiDep yetakchisi Aktam Xayitov qurultoy yakunida OAV vakillariga bergan intervyusida jamiyatdagi har bir qatlam uchun tizimli yondashuv yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi.

Partiya yetakchisi saylovoldi dasturida inson manfaatlariga eng katta e'tibor qaratilgani haqida gapirdi. 

“Konsepsiyaga ko‘ra inson qadri birinchi o‘rinda turadi. Bizning davlatimizda muhtoj bo‘lgan biror inson e'tibordan chetda qolmaydi. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, yoshlarimizni o‘qitish, ayollarimizga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli yondashuv bo‘ladi. 

Oldimizga qo‘yilgan maqsadlardan biri xalqimizga munosib yashash sharoitini yaratish. Aholi jon boshiga yalpi mahsulot 4 ming dollarga yetkaziladi. 2016 yildan buyon uy-joy qurilishi 11 baravarga oshgan. Har bir oila o‘z boshpanasiga, o‘z uyiga ega bo‘lishi davlat rahbarining oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri hisoblanadi” dedi Aktam Xayitov.

Partiya yetakchisi mehnat unumdorligi, sanoat ishlab chiqarish, investitsiyalar hajmi, aholi real daromadlari, ish haqi oshirilishi yuzasidan erishilgan yutuqlar pandemiya davrida dunyoning sanoqli mamlakatlarida qayd etilganini ta'kidladi.

Top