Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 20:09 / 12.09.2021
9973
3 daqiqa o‘qiladi
5 foizlik inflatsiya, 4 ming dollarlik daromad va 12 foizlik QQS – Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan iqtisodiy tezislar
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s'yezdida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi va amaldagi davlat rahbari o‘zining kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan nomzodlik dasturi bilan tanishtirdi. Dasturdan o‘rin olgan va iqtisodiyot va soliq sohasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:
- 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish ko‘zlanmoqda. Shu maqsadda, birinchidan, kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshiriladi.
- Kelgusi besh yilda raqamli iqtisodiyotning hajmi kamida 2,5 barobarga oshirilib, 4 milliard dollarga yetkaziladi.
- Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida 2023 yil oxirigacha inflatsiya darajasi 5 foizga tushiriladi. Davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan oshmasligi ta'minlanadi.
- 2022 yildan boshlab har bir tuman budjetining kamida 5 foizi «Fuqarolar budjeti» dasturi doirasida hududlardagi dolzarb muammolarni yechishga sarflanadi.
- Yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard dollardan oshmasligi ta'minlanadi. Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida kelgusi 5 yilda fond bozori hajmi 200 million dollardan 7 milliard dollarga yetkaziladi. Bunda kapital olib kirish bo‘yicha mavjud cheklovlar qayta ko‘rib chiqiladi.
- 2026 yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha alohida strategiya qabul qilinadi.
- Hududlardagi sanoat va infratuzilmani rivojlantirish uchun O‘zbekiston taraqqiyot banki tashkil etiladi.
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 2023 yildan boshlab 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. 2022 yildan boshlab esa korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi.
- 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi.
- Yo‘l qurilishi, issiqlik ta'minoti, obodonlashtirish xizmatlari kabi 25 ta faoliyat turidagi monopoliyaga barham beriladi.
- Bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi tenglashtirilib, amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
- Qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli va samarali foydalanish maqsadida, 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida, 10 sotixdan 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga beriladi.
- Kelgusi besh yilda intensiv bog‘lar 3 barobar (150 ming gektar) va issiqxonalar 2 barobar (11 ming gektar) ko‘paytirilishi natijasida eksport salohiyati yana 1 milliard dollarga oshiriladi.
- Mamlakatning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026 yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi. Eksport tarkibida xomashyoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamaytiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:17 / 27.12.2024