“Xonadon, köça, mahalla va qişloq, şaharlarda, yöl böylari va dala çetlariga daraxtlar ekiş, hudud iqlimiga mos köçatlarni yetiştiriş, suğoriş hamda parvariş qiliş tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt köçatlari ekiladi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi Özbekiston boği” namunasi asosida kamida 50 gektar maydonda “yaşil boğlar” barpo etiladi.
Bundan taşqari, şaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uçun “yaşil parklar” taşkil etiladi. Şu bilan birga, daraxt kesişga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon parklar va “yaşil zonalar” hududini boşqa maqsadlar uçun işlatiş qat'iyan man etiladi”, dedi prezident.










