15:12 / 10.09.2021
3035
EPSILON (EDC): Ayzovat-12 yangi qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 250 ming kubmetrni tashkil etdi

Joriy yil 10 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Ayzovat konidagi 12-sonli izlov qudug‘ida burg‘ilash ishlari yakunlanib, uni o‘zlashtirish jarayonida sanoat ko‘lamidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 11 sentyabr kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top