18:00 / 14.09.2021
10656
Bedor tunlar boshlanmoqda: «Barselona» «Bavariya»ga qarshi, «MYu» Shveytsariyaga boradi

Yevropada klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir sanalmish Chempionlar ligasi yangi mavsumi boshlanmoqda. Bugun, 14 sentabr oqshomida ko‘hna qit'aning sakkizta stadionida turnirning mashhur madhiya sadolari ostida YeChL 1-tur o‘yinlari start oladi. Seshanba kungi to‘qnashuvlar orasida «Nou Kamp»da o‘tadigan «Barselona» - «Bavariya» qarama-qarshiligi markaziy maqomga ega.

Chempionlar ligasi guruh bosqich qur'asi «Barselona»ni yana «Bavariya» bilan to‘qnashtirganda Kataloniya jamoasi vakillari qanday holatga tushgani qorong‘i, ammo bu o‘yin «Barsa» uchun 2020 yildagi qaqshatqich zarbaga (2:8) javob berish imkoniyati hamdir. «Ko‘k-anorranglilar» 2005/06 yilgi mavsumdan keyin ilk marta Chempionlar ligasini Lionel Messisiz boshlashadi.

«Kamp Nou»dagi uchrashuv oldidan mezbonlarda tarkib borasida muammolar ko‘proq. Bosh murabbiy Ronald Kuman jarohati sababli Fati, Breytveyt, Dembele, Aguero singari hujum chizig‘i vakillari xizmatidan foydalana olmaydi. Yana bir jihati «Barsa» so‘nggi o‘yinini 29 avgust kuni o‘tkazgan va FIFA kunlaridan keyingi «Sevilya»ga qarshi bahs boshqa kunga qoldirilgani sababli 16 kun o‘yin amaliyotisiz qoldi. Yulian Nagelsman murabbiyligidagi «Bavariya» esa Bundesliga doirasidagi so‘nggi o‘yinlarda yirik hisobdagi g‘alabalarni rasmiylashtirib, Ispaniyaga yaxshi kayfiyatda yetib keldi.

Yana bir e'tiborli bahs Shveytsariyada o‘tkaziladi. «Manchester Yunayted» Berndagi «Stad de Syuis» stadionida Chempionlar ligasi 1-turi doirasida «Yang Boyz» mehmoni bo‘ladi. 12 yillik tanaffusdan keyin Krishtianu Ronaldu «MYu» safida YeChL uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda.

Quyida barcha o‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing:

YeChL. 1-tur. 14 sentabr (seshanba)

«Ye» guruhi

«Barselona» - «Bavariya»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «SportTV»

Taxminiy tarkiblar:

«Barselona»: ter Stegen; Arauxo, Pike, Langle; Roberto, F. de Yong, Buskets, Pedri, Alba; Depay; L. de Yong

O‘ynamaydi: Fati (jarohat), Breytveyt (jarohat), Dembele (jarohat), Aguero (jarohat)

So‘roq ostida: Dest (jarohat)

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Upamekano, Ernandes, Devis; Kimmix, Goretska; Sane, Myuller, Musiala; Levandovski

O‘ynamaydi: Tolisso (jarohat)

So‘roq ostida: Gnabri (jarohat), Koman (jarohat)

«Dinamo» Kiyev - «Benfika»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Sport2»

Taxminiy tarkiblar:

«Dinamo» Kiyev: Boyko; Kendzera,Zabarniy, Sirota, Mikolenko; Sidorchuk, Shaparenko; Tsigankov, Garmash, de Pena; Shkurin

O‘ynamaydi: Besedin (jarohat), Kulach (noma'lum)

So‘roq ostida: Bushan (jarohat), Ramires (betob), Buyalskiy (jarohat)

«Benfika»: Vlaxodimos; Otamendi, Vertongen, Morato; Diogu Gonsalvesh, Vaygl, Joau Mariu, Taarabt; Grimaldo; Rafa Silva, Yaremchuk

O‘ynamaydi: Verissimo (diskvalifikatsiya), Andre Almeyda (jarohat)

«F» guruhi

«Yang Boyz» - «Manchester Yunayted»

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

TV-translatsiya: «SportTV»

Taxminiy tarkiblar:

«Yang Boyz»: Fon Ballmoos; Xefti, Lauper, Kamara, Garsiya; Fassnaxt, Ebisher, Martins, Ngamale; Elia, Sibacho

O‘ynamaydi: Lustenberger (jarohat), Nsame (jarohat), Mayyer (jarohat), Monteyru (jarohat)

So‘roq ostida: Zesiger (jarohat), Lefort (tiklanish jarayoni)

«Manchester Yunayted»: de Xea; Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou; Fred, Pogba; Grinvud, Brunu Fernandesh, Sancho; Ronaldu

O‘ynamaydi: Reshford (tiklanish jarayoni), Telles (jarohat), Diallo (jarohat), Kavani (tiklanish jarayoni).

So‘roq ostida: Maktominey (jarohat)

 «Vilyareal» - «Atalanta»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Taxminiy tarkiblar:

«Vilyareal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno; Trigeros, Kapu, Parexo, Jyerar Moreno, Dia, Pino

O‘ynamaydi: Chukvueze (noma'lum)

«Atalanta»: Musso; Toloy, Demiral, Jimshiti; Mele, Froyler, de Roon, Gosens; Pessina; Malinovskiy, Sapata

O‘ynamaydi: Xatebur (jarohat), Muriel (jarohat)

«G» guruhi

«Sevilya» - «Zalsburg»

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

TV-translatsiya: «Mahalla»

Taxminiy tarkiblar:

«Sevilya»: Bunu; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya; Rakitich, Fernando, Jordan; Suso, En-Nesiri, Lamela

«Zalsburg»: Ken; Kristensen, Sole, Veber, Ulmer; Kamara; Aronson, Suchich, Zayvald; Sheshko, Adeyyemi

So‘roq ostida: Yunuzovich (jarohat)

«Lill» - «Volfsburg»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Taxminiy tarkiblar:

«Lill»: Grbich; Zeki Chelik, Fonte, Botman, Reynildu; Yusuf Yazidji, Andre, Sheka, Gomes; Devid, Burak Yilmaz

O‘ynamaydi: Bamba (jarohat), Renatu Sanshesh (Koleno), Vea (jarohat)

«Volfsburg»: Kasteyels; Mbabu, Lakrua, Bruks, Russiyon; Gilyavogi, Arnold; Filipp, Shteffen; Vegxorst, Nmecha

O‘ynamaydi: Byalek (jarohat), Otavio (jarohat), Shlager (jarohat), Villyam (jarohat)

«H» guruhi

«Chelsi» - «Zenit»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Mahalla»

Taxminiy tarkiblar:

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Tyago Silva, Ryudiger; Jyeyms, Kovachich, Jorjino, Alonso; Havers, Lukaku, Maunt

O‘ynamaydi: Pulishich (jarohat), Kante (jarohat)

«Zenit»: Kritsyuk; Kuzyayev, Chistyakov, Rakitskiy, Duglas Santos, Krugovoy; Malkom, Klaudino, Vender; Yeroxin, Ozmun

O‘ynamaydi: Barrios (noma'lum), Lovren (noma'lum), Karavayev (jarohat), Ozdoyev (jarohat)

 «Malme» - «Yuventus»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Yoshlar»

Taxminiy tarkiblar:

«Malme»: Diavara; Larsson, Axmedxojich, Brorsson, Ulsson; Rakip, Innosent, Riks, Kristiansen, Birmanchevich; Cholak

«Yuventus»: Shensni; Danilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Kuadrado, Bentankur, Lokatelli, Rabo; Morata, Dibala

O‘ynamaydi: Artur (jarohat), Keza (jarohat), Bernardeski (jarohat).

YeChL. 1-tur. 15 sentabr (chorshanba)

A guruhi: «Manchester Siti» - «Leypsig» , «Bryugge» - «PSJ»

B guruhi: «Atletiko» - «Portu», «Liverpul» - «Milan»

C guruhi: «Beshiktosh» - «Borussiya» Dortmund, «Sporting» - «Ayaks»

D guruhi: «Sherif» - «Shaxtyor», «Inter» - «Real».

Top