02:04 / 17.09.2021
18860

YeKL. Shomurodov 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bahsda «Roma» TsSKAni tor-mor etdi

Yevropa Konferensiyalar Ligasida 1-tur bahslari yakunlandi.

«Roma» o‘z maydonida Sofiyaning TsSKA klubini qabul qilib, tezkor gol o‘tkazib yuborganiga qaramay yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kerining goliga Pellegrini (2ta), El-Shaaravi, Manchini va Abraham javob berishdi. «Bo‘rilar» safida Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 2 golga assistentlik qildi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Bude-Glimt» (Norvegiya) o‘z maydonida «Zarya»dan (Ukraina) ustun keldi.

YeKL. 1-tur. 16 sentabr

S guruhi
Roma — TsSKA Sofiya 5:1
Gollar: Pellegrini (25, 62), El-Shaaravi (38), Manchini (82), Abraham (84) — Keri (10).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Ibanes, 46), Smolling, Manchini, Kalafori (Kumbulya, 76), Pellegrini (Abraham, 74), Vilyar (Veretu, 58), Diavara (Kristante, 57), El-Shaaravi, Shomurodov, Karles Peres. 
TsSKA Sofiya – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Lam, Maziku, Galabov, Keri, Yomov (Bayya, 67), Muxar, Vildsxut, Krastev (Axmedov, 87). 
Chetlatish: Vildsxut (80).

Bude-Glimt — Zarya 3:1
Gollar: Saltnes (48), Solbakken (49), Pellegrino (60) — Gromov (90+1).

V guruhi
Anortosis — Partizan 0:2

Gollar: Menig (42), Gomesh (68).

D guruhi
Ranners — AZ 2:2

Gollar: Pizinger (27), Graves (68) — Klasi (24), Pavlidis (34).

Yablonets — ChFR Kluj 1:0
Gol: Pilarj (51, penalti).

Top