09:21 / 18.09.2021
2958
Tailand mamlakatga 250 ming dollar investitsiya qiluvchi xorijliklarga 10 yillik viza bermoqchi

Tailand hukumati mamlakatga badavlat xorijliklarni jalb qilish rejasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, Tailanddagi ko‘chmas mulk yoki davlat obligatsiyalariga kamida 500 ming dollar investitsiya kiritgan va yiliga kamida 80 ming dollar topishi isbotlarini keltirgan xorijliklar 10 yillik viza olishi mumkin bo‘ladi. Pensionerlar uchun ushbu talablar 2 karra yengilroq bo‘lib, mos ravishda 250 ming dollarlik investitsiya va 40 ming dollardan ko‘proq yillik daromadni tashkil qiladi. Dastur 2022 yildan amal qila boshlaydi va u dastlab 5 yilga mo‘ljallangan, biroq keyin uzaytirilishi mumkin.

Tailand hukumatining fikricha, yangi dastur mamlakatga badavlat xorijliklarni, jumladan pensionerlarni jalb qilishi kerak. Bu pandemiya sababli mamlakatga sayyohlar oqimi kamaygan hozirgi sharoitda ayniqsa dolzarb hisoblanadi. “Biz xorijlik fuqarolar, pensionerlar va yuqori malakali mutaxassislar ushbu imkoniyatni yaxshi qabul qilishlariga umid qilmoqdamiz. Biroq ushbu reja hukumat kutgandek investitsiyalarni keltiradimi yoki yo‘qmi, hali buni ko‘rish kerak”, deb izoh bergan yangi dasturga Mercer konsalting kompaniyasining Tailanddagi bo‘limi boshlig‘i Yukxay Bunyavat.

Mavzuga oid
Top