12:52 / 21.09.2021
670
Baxshichilik san'ati festivali g‘oliblari taqdirlandi

17-20 sentyabr kunlari Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali bo‘lib o‘tdi. Kecha uning yakuniy konsert dasturida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Festival yakunlariga ko‘ra, “Festivalda milliy san'atining targ‘iboti uchun” nominatsiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya)

 “Baxshichilik san'ati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi” nominatsiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya)

“Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston)

“Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya)

 “Baxshichilik san'ati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (O‘zbekiston)

 “Hay'at a'zolarining mehrini qozongan ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Mukimjon Kamolov (Tojikiston)

 “An'analarga sodiq baxshi” nominatsiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (O‘zbekiston)

 “Muxlislar e'tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar)

 “Qadriyatlar davomchisi” nominatsiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (O‘zbekiston)

 “Baxshichilik san'ati jonkuyari” nominatsiyasi sovrindori — Bahrom Rahimov (O‘zbekiston)

 “Baxshichilik san'ati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — “O‘zbekiston-24” telekanali muharriri Zebo To‘xtayeva, operator Ahmad Bayzullayev

“Baxshichilik san'ati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori —“O‘zbekiston-24” telekanali muharriri Karina Nizamudinova, operator Abbos Abdusattorov.

Tanlov g‘oliblari:

3-o‘rin sohibi - Samad Kochobayev (Qirg‘iziston)

3-o‘rin sohibi - “Kaukasus” guruhi (Gruziya)

3-o‘rin sohibi - Xosseyin Geylan (Eron)

3-o‘rin sohibi - Baxshiqul Tog‘ayev (O‘zbekiston)

2-o‘rin sohibi Elmira Jangabergen (Qozog‘iston)

2-o‘rin sohibi Mubariz Aliyev (Ozarboyjon)

2-o‘rin sohibi - Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva)

2-o‘rin sohibi - Gulbahor Aximbetova (O‘zbekiston)

1-o‘rin sohibi- Feruz Normatov (O‘zbekiston)

1-o‘rin sohibi- Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya)

Gran-pri sohibi — Janibek Piyazov (O‘zbekiston)

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlandi:

3-o‘rin — 1.250 AQSh dollari

2-o‘rin — 1.750 AQSh dollari

1-o‘rin — 5000 AQSh dollari

Gran-pri sohibi — 7000 AQSh dollari.

Mavzuga oid
Top