03:03 / 23.09.2021
2778
Braziliyaning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etayotgan delegatsiyasi ikki haftalik karantinga ketdi 
Foto: Reuters

Braziliyaning BMT Bosh assambleyasi 76-sessiyasida ishtirok etayotgan delegatsiyasi ikki haftalik karantinga ketdi. Bunga delegatsiya a'zolaridan birida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ofisida ta'kidlanishicha, Guterrish va BMT xodimlaridan birortasi bemor bilan yaqin aloqada bo‘lmagan.  

Delegatsiyaga boshchilik qilgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning karantinga ketgani yoki yo‘qligi noma'lum.

Avvalroq Bolsonaru Nyu-Yorkda o‘tayotgan Bosh assambleya sessiyasiga himoya niqobida kelgandi. Vaholanki, u o‘z mamlakatida ommaviy tadbirlar vaqtida ham ushbu himoya vositasidan foydalanmaydi. Shuningdek, u koronavirusga qarshi emlanmaganligi sababli shahardagi restoranlardan biriga kiritilmagan va shu tufayli o‘ziga hamrohlik qilgan odamlar bilan ko‘chada tamaddi qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top