15:58 / 23.09.2021
2020
Surxondaryoda xotinini rashk qilgan er uni jarohatlab o‘limiga sabab bo‘ldi

Termiz shahrida xotinini rashk qilgan er unga pichoq bilan jarohat yetkazgan va o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 sentyabr kuni soat 15:00larda Termiz shahrining Temiryo‘lchi mahallasida yashovchi, Q.Qobil yashash uyida, turmush o‘rtog‘i, D.Jayronani rashk qilib, o‘zaro janjallashgan.

Shundan so‘ng Q.Qobil qo‘lidagi pichoq bilan D.Jayronaning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda D.Jayrona kasalxonaga olib borilayotganida yo‘lda vafot etgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 18 sentyabr kuni Q.Qobilga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top