13:07 / 27.09.2021
1420

Qarshi shahrida savdo do‘konidan pul o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi shahridagi bozorlardan birida joylashgan savdo do‘konidan pul o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 22 sentabr kuni Qarshi shahar «Orzu» bozorida kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaharning «Samarqand» MFYda yashovchi R.X. Qarshi shahar 2-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida 22 sentabr kuni soat 14:00larda notanish fuqaro do‘konga kelib, o‘zini kiyim sotib oladigan qilib ko‘rsatib, sotuvchini chalg‘itib, kassadan 2,2 million so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Qarshi shahar 2-sonli IIB va viloyat IIB PPX va JTSB va PPX bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida o‘g‘ri qo‘lga olingan. U Koson tumani «Ushoqtepa» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan X.K. ekanligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top