02:13 / 03.10.2021
10259
La Liga. Suares gol urgan o‘yinda «Atletiko» «Barsa»ni mag‘lub etib, «Real»ga yetib oldi

La Liga 8-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Madridda «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasida kechdi.

«Vanda Metropolitano» o‘yingohida kechgan bahsda Lemar hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Suares sobiq jamoasi darvozasiga ikkinchi golni yo‘lladi va muxlislardan uzr so‘radi – 2:0. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.

Shuningdek, «Osasuna», «Malorka» minimal hisobda zafar quchgan bo‘lsa, «Valensiya» «Kadis» bilan durang qayd etdi.

Natijada, «Atletiko» Kataloniya klubi ustidan erishgan g‘alabasi evaziga ochkolari sonini 17taga yetkazib, turnir jadvalida hozircha «Real»ga yetib oldi. Simeone jamoasi faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinni egallab turibdi. «Barselona» esa 12 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda. 

La Liga. 8- tur

Atletiko – Barselona 2:0
Gollar:
1:0 – 23 Lemar, 2:0 – 44 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Himenes, Ermoso (Felipe, 81), Lorente, Karrasko (Lodi, 81), Koke, de Paul (Tripper, 46), Lemar, Suares (Grizmann, 72), Joau Feliks (Korrea, 72).
Barselona – ter Stegen, Mingesa (de Yong, 75), Pike, Arauxo, Dest (Langle, 86), Buskets, Koutino (Fati, 64), de Yong, Niko Gonsales (Serdji Roberto, 46), Gavi (Puch, 75), Depay.

Osasuna – Rayo Valekano 1:0
Gol:
1:0 – 90 Sanches.
Osasuna – Errera, Vidal, Unai Garsiya, David Garsiya, Sanches, Brashanats, Torro (Xose Anxel, 85), Monkayola (Oyyer Sanxurxo, 81), Roberto Torres (Martines, 68), Ruben Garsiya (Chimi Avila, 67), Kike Garsiya.
Rayo Valekano – Dimitriyevski, Baliu, Savelich, Katena, Fran Garsiya, Garsiya, Komesanya (Unai Lopes, 88), Siss (Oskar Valentin, 72), Palason (Bebe, 88), Trexo (Gvardiola, 57), Falkao (Nteka, 57).

Malorka – Levante 1:0
Gol:
1:0 – 74 Anxel Rodriges.
Malorka – Reyna, Maffeo (Sastre, 89), Valent, Russo, Kosta (Olivan, 89), Dani Rodriges, Ruis de Galarreta (Battalya, 81), Baba, Li Kan In (Jordi Mboula, 81), Ndiayye, Fer Nino (Anxel Rodriges, 67).
Levante – Fernandes, Miramon (Koke, 86), Duarte (Mustafi, 77), Rober, Klerk (Enrik Frankesa, 46), Martines (Vezu, 86), Melero, Pepelu, Morales, De Frutos (Kantero, 77), Roxer Marti.

Kadis – Valensiya 0:0 
Kadis
– Ledesma, Karselen, Aroyan, Fali Ximenes (Kala, 79), Espino, Salvi Sanches, Aleks Fernandes (Kalderon, 70), Yonsson (Chapela, 71), Alarkon, Osmayich (Alexo, 60), Negredo (Benito Ponomar, 60).
Valensiya – Sillessen, Fulke, Gabriel Paulista, Alderete (Diakabi, 60), Toni Lato, Musa (Elder Koshta, 85), Gilyamon (Rachich, 78), Vass, Gedesh, Markos Andre (Valexo, 85), Duro.

Top