Rossiyaning «Sport-Ekspress» naşri xabariga köra, «Roma» klubi futbolçisiga Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqiş bildirmoqda. La Liga iştirokçisi Şomurodovga transfer taklifi bilan çiqadimi yoki ijara masalasi bilan – hozirça noma’lum.

Qayd etilişiça, Rim klubi Eldor böyiça eng avvalo transfer takliflarini körib çiqadi. Ijaraga oliş taklifi ikkinçi darajali sifatida köriladi.

La Gazzetta dello Sport naşrining yozişiça, Şomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uçun rejalaridan örin olmagan. Eldorning rimliklar bilan amaldagi kelişuvi 2026 yilga qadar imzolangan.

Avvalroq, Şomurodovga Italiyaning «Leççe» klubi qiziqiş bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, Şomurodov ötgan mavsumning ikkinçi qismini ijara asosida «Spetsiya»da ötkazib, bu jamoani A Seriyadagi örnini saqlab qolişga yordam bera olmadi. U 16 öyinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qildi.