Yevropa klub futboli nihoyat pandemiyaning barça oqibatlarini yengib ötdi va ösişga qaytdi. 2021/22 yilgi mavsumda qit’a futbol bozori iştirokçilarining daromadi 29,5 milliard yevroga yetgan va bu mutlaq rekorddir. Ösiş dvigatellari odatdagidek, katta futbol beşligi mamlakatlari - Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya ligalari edi.
Deloitte kompaniyasi Yevropa futbolining moliyaviy holati böyiça yillik Football Finance hisobotini e’lon qildi, unda 2021/22 yilgi mavsumda soha nihoyat COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yengib ötgani va moliyaviy ösiş trayektoriyasiga qaytgani ta’kidlanadi.
Qayd etilişiça, Yevropa futbol bozori iştirokçilari (bu nafaqat klublar, balki milliy federatsiyalar va UYeFA taşkilotini ham öz içiga oladi) tomonidan yaratilgan umumiy daromad 29,5 milliard yevroni taşkil qilgan. Bu 2020/21 yilgi mavsumdagidan deyarli 1,9 milliard yevro va 2019/20 yilgi mavsumdagidan 4,3 milliard yevroga köp.
Qayd qiliş joiz, aynan mana şu mavsumlarda pandemiya yuzaga kelgan, klublar çipta sotişdan tuşgan daromadlarini amalda yöqotgan, öyin ötkazmagani uçun telekompaniyalarga pullarni qaytarişga majbur bölgan edi. Şunday ekan, körsatkiçlarni soliştiriş töğriroq böladigan davr - pandemiyadan oldingi 2018/19 mavsumi böladi. Bu davrda Yevropa futbol bozori 28,9 milliard yevro daromad olgan edi.
Daromadning asosiy uluşi, har doimgidek, katta beşlik davlatlarining yuqori divizionlari klublariga töğri keldi. Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya klublari birgalikda 17,2 milliard yevro işlab topdi. Bu ham rekord körsatkiç bölib, yuqorida qayd etilgan 2018/19 yilgi mavsumda erişilgan körsatkiçdan 200 million yevro köpdir.
Bunday sezilarli ösiş tomoşabinlarning stadionlarga qaytişi bilan izohlanadi. Qolaversa, masalan, Angliya Premer-Ligasida (APL) tomoşabinlar soni umuman rekordga aylandi: öyinlarga örtaça 39950 tomoşabin kirdi. Bu Germaniyadan keyin ikkinçi eng yuqori körsatkiç, bu yerda öyinlarga örtaça 42 837 muxlis kirgan.
Hozir APL klublari kattaroq stadionlarga sarmoya kiritişni öylamoqda, albatta bu bejiz emas. Yetakçi liga klublari öz daromadlarining 12 foizini matchday körinişida olgan (öyin kuni muxlislar taşrifidan). Agar mutlaq qiymatlar haqida gapiriladigan bölsa, Premer-Liga klublari tomoşabinlardan 901 million yevro yiğgan.
Deloitte ma’lumotlariga köra, «Katta beşlik» klublarining tijoriy daromadlari (homiylik şartnomalaridan tuşumlar, klub ramzi tuşirilgan tovarlarni sotiş va boşqalar) birdaniga 17 foizga ösib, 6,3 milliard yevroga yetgan. Bu esa teletranslatsiya huquqi tuşumlarining kamayişini kompensatsiya qiliş imkonini berdi. Ular 12 foizga kamayib, 8,9 milliard yevroga tuşgan. Biroq, xavotirli xulosalar çiqarişning hojati yöq: pasayiş, asosan, pandemiya davridagi mavsum uçun klublar qaytargan mablağlar hisobiga sodir böldi. Bundan taşqari, gap telekompaniyalarning hisob raqamiga real pul ötkaziş haqida emas, balki keyingi mavsumlar uçun kompensatsion çegirma beriş haqida edi.












