10:05 / 04.10.2021
8232
APL. «Liverpul» «Manchester Siti» o‘yinida jangovar durang, «Chelsi»da g‘alaba, «MYu» ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar

Yakunlangan haftaning dam olish kunlari APL 7-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

Dastlabki uchrashuvda «MYu» «Old Trafford»da «Everton»ni qabul qildi. O‘yinning 43-daqiqasida Marsyal mavsumdagi ilk golini kiritib, hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Taunsend qarshi hujumda hisobni tenglashtirib, yakunda jamoasiga durang natija keltirdi.

«Chelsi» Londonda «Sauthempton»ni mag‘lub etdi. O‘yinda hisob Chaloba tomonidan ochilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Uord-Prouz penaltidan farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo ko‘p o‘tmay, qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgach, «Chelsi» Verner va Chiluellning gollari evaziga ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi – 3:1.

Markaziy uchrashuv maqomiga mos o‘tgan «Liverpul» - «Manchester Siti» uchrashuvining 59-daqiqasida Mane hisobni ochgan bo‘lsa, o‘n daqiqa o‘tib Foden hisobni tenglashtirdi – 1:1. 76-daqiqada Saloh ajoyib harakatlari bilan himoyachilarni ortda qoldirib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 5 daqiqa o‘tib de Bryuyne javob golini kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi – 2:2.

«Tottenhem» o‘z maydonida «Aston Villa»ga qarshi saf tortib, 2:1 hisobida zafar quchdi. «Vest Hem» uyida «Brentford»ga yutqazib qo‘ydi - 1:2. «Lester» safarda «Kristal Pelas» bilan murosa ko‘chasini tanladi.

APL. 7-tur
Manchester Yunayted – Everton 1:1

Gollar: 1:0 – 43 Marsyal, 1:1 – 65 Taunsend.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef, Shou, Fred (Pogba, 70), Brunu Fernandesh, Maktomini, Kavani (Ronaldu, 57), Marsyal (Sancho, 57), Grinvud.
Everton – Pikford, Godfri, Kin, Mina, Din, Taunsend, Allan, Dukure, Grey, Rondon, Gordon (Devis, 72).

Chelsi – Sauthempton 3:1
Gollar: 1:0 – 9 Chaloba, 1:1 – 61, penalti Uord-Prouz, 2:1 – 84 Verner, 3:1 – 89 Chiluell.
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell, Kovachich (Jorjino, 73), Loftus-Chik (Barkli, 83), Lukaku, Verner, Xadson-Odoi (Maunt, 65).
Sauthempton – Makkarti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Tella (Djyenepo, 73), Romeu, Uord-Prouz, Redmond (Elyunussi, 87), Uolkott (Diallo, 46), Armstrong.
Chetlatish: Uord-Prouz (77).

Bernli – Norvich 0:0
Bernli – Poup, Louton, Tarkovski, Kollinz, Teylor, Lennon (Gudmundsson, 60), Vestvud, Braunxill, Vud (Barns, 80), Vidra (Rodriges, 35), Maknil.
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Kabak, Yannulis, Maklin, Le-Melu (Rupp, 80), Normann, Pukki (Rashitsa, 80), Sardjyent (Ida, 90). 

Vulverhempton – Nyukasl 2:1
Gollar: 1:0 – 20 Xvan Xi Chxan, 1:1 – 41 Xendrik, 2:1 – 58 Xvan Xi Chxan.
Vulverhempton – Joze Sa, Semedu, Koudi, Saiss, Kilmen, Marsal, Moutinyu, Ruben Nevesh, Xvan Xi Chxan, Himenes, Trinkau (Dendonker, 86).
Nyukasl – Darlou, Mankilo (Merfi, 70), Klark, Fernandes, Almiron (Geyl, 77), Ritchi, Xeyden, Longstaff, Uillok (Xendrik, 36), Sen-Maksimen, Joelinton.

Lids – Uotford 1:0
Gol: 1:0 – 18 Lorente.
Lids – Mele, Kuper, Lorente, Firpo, Dallas (Robers, 78), Klix, Fillips, Sheklton, Rafinya, Rodrigo, Jyeyms.
Uotford – Foster, Femeniya, Trost-Ekong, Serralta (Kabasele, 68), Rouz, Sissoko, Kutska, Tufan (Joao Pedro, 59), King (Sema, 45), Dennis, Sarr.

Brayton - Arsenal 0:0
Brayton - Sanches, Kukurelya, Dank, Byorn, Daffi, Veltman, Moder (Makallister, 78), Gross (March, 84), Lallana, Trossard, Mope. 
Arsenal - Ramsdeyl, Tirni, Gabriel, Uayt, Tomiyasu, Lokonga, Parti, Smit-Rou, Edegor (Pepe, 63), Saka (Meytlend-Naylz), Obameyang (Lyakazett, 72).

Tottenhem – Aston Villa 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Heyberg, 1:1 – 67 Uotkins, 2:1 – 71, avtogol Targett.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Romero, Regilon, Son Hyon Min, Lukas Moura, Xeyberg, Ndombele (Lo Chelso, 76), Skipp, Keyn.
Aston Villa – Martines, Xoz (Traore, 80), Mingz, Konsa, Targett, Kesh, Makginn, Duglas Luis, Remzi (Buendia, 69), Ingz, Uotkins.

Vest Hem – Brentford 1:2
Gollar: 0:1 – 20 Mbemo, 1:1 – 80 Bouen, 1:2 – 90+4 Vissa.
Vest Xem – Fabianski, Tsoufal, Ogbonna, Zuma, Kressuell, Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Benraxma, Bouen.
Brentford – Rayya, Yorgensen, Yansson, Pinnok, Genri, Kanos, Nergor, Oneka (Bidstrup, 82), Baptist (Yyensen, 29), Touni, Mbemo (Vissa, 82).

Kristal Pelas – Lester 2:2 
Gollar: 0:1 – 31 Iheanacho, 0:2 – 37 Vardi, 1:2 – 61 Olise, 2:2 – 72 Shlupp.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Makartur, Milivoyevich, Gallaxer (Shlupp, 71), Ayyu (Olise, 53), Zaa, Eduar (Benteke, 85).
Lester – Shmeyxel, Kastan, Vestergor, Suyunju, Bertran, Barns, Tilemans, Chouduri (Sumare, 60), Lukman (Olbrayton, 80), Vardi, Iheanacho (Meddison, 71).

Liverpul – Manchester Siti 2:2
Gollar: 1:0 – 59 Mane, 1:1 – 69 Foden, 2:1 – 76 Saloh, 2:2 – 81 de Bryuyne.
Liverpul – Alisson, Matip, van Deyk, Roberson, Henderson, Fabino, Jons, Milner (Gomes, 78), Saloh, Mane, Diogu Jota (Firmino, 68).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Sterling, 66), Foden, Gabriel Jyezus.

Turnir jadvali:

Top