20:00 / 06.10.2021
2512
“O‘zbekneftgaz”: “Gazprombank” bilan o‘zaro ishonch va mustahkam do‘stlikka asoslangan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va albatta bunda chet el kapitali jalb qilinayotgani hamda yirik loyihalarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

Shu bilan birga, neft-gaz sanoati ham iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri sifatida alohida o‘rin egallab, mamlakat aholisi va korxonalarini energiya resurslari va xomashyo bilan ta'minlab kelmoqda.

Yonilg‘i-energetika sohasida muhim o‘rin tutuvchi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan yillik 34 milliard kub metr tabiiy gaz (mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning 65% dan ortig‘i) va 1,5 million neft mahsulotlari ishlab chiqarilayotganini alohida ta'kidlash kerak.

Loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb qilmasdan qo‘yilgan maqsadlarga erishishning iloji yo‘q. Bu yo‘nalishda kompaniya ko‘plab xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, Rossiyaning eng yirik universal banklaridan biri bo‘lgan va Markaziy hamda Sharqiy Yevropadagi banklar ro‘yxatida xususiy kapitali bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan “Gazprombank” bilan muvaffaqiyatli faoliyat borasida alohida ta'kidlash kerak. Bank kompaniyaning asosiy loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etayapti.

Boshqaruv raisi Andrey Akimov boshchiligidagi bank rahbariyati, shuningdek, boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev va Aleksey Belous, O‘zbekistondagi korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor berib, aynan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan ham o‘zaro manfaatli bitimlar tamoyillariga asosiy e'tibor qaratilgan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Bugungi kunda “Gazprombank” bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan.

Shunday qilib, 2017–2021 yillar uchun uglevodorodlar ishlab chiqarishni oshirish dasturi doirasida bank hozirgacha burg‘ilash, quduqlarni ta'mirlash va uglevodorodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan texnologik obektlarni qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qariyb 675 mln dollar miqdorida kredit mablag‘lari ajratdi.

Dastur boshlangandan buyon 296 ta quduq qurilishi tugallandi, 328 ta mavjud quduq kapital ta'mirlandi, “G‘arbiy” konida blok-modulli quduq kompressor bloki, “Somontepa”, “Uchqir”, “Alan”, “Zevarda” konlarida siquv kompressor stansiyalari (SQS), shuningdek, “Arslon” konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi ishga tushirildi, “Dengizko‘l” va “Janubiy Tandircha” konlarida SQSning qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Dastur natijasida 2030 yilgacha tabiiy gaz qazib olishni 100,0 mlrd kub metrga, gaz kondensatini esa 1,5 mln tonnagacha oshirishga erishish kutilmoqda.

Dunyodagi yirik korxonalar ro‘yxatida (yo‘nalishi bo‘yicha) 6-o‘rinda e'tirof etiladigan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablag‘lari, jumladan, “Gazprombank” dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol o‘ynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etgan.

GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyihaga kiritilgan kapital qo‘yilmalar hajmi 1,8 milliard dollardan oshadi. “Gazprombank”dan 300 million dollarlik kredit olish loyihani ilg‘or moliyalashtirishni ta'minlash va uzoq muddatli uskunalarga buyurtmalarni loyihalashtirish, joylashtirish bo‘yicha ishlarni boshlash imkonini berdi.

“Gazprombank” bilan hamkorlik ko‘p qirrali: asosiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan tashqari, Vyacheslav Oxotin boshchiligidagi bankning ixtisoslashgan bo‘limi ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun yuqori texnologiyali uskunalar sotib olish bilan bir qatorda, korporativ transformatsiyalar, xususan, “O‘zbekneftgaz” AJni uchun korporativ kredit reytingini olishni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Bu yo‘nalishda bankning ixtisoslashgan bo‘linmasi – vitse-prezident Yuliya Trofimova rahbarligidagi reyting konsalting markazi bilan birgalikda - “O‘zbekneftgaz” AJ Fitch Ratings agentligidan debyut kredit reytingini VV- barqaror prognoz darajasidagi olish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu “O‘zbekneftgaz” AJga O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga mos iqtisodiyotning real sektoridagi birinchi kompaniya bo‘lish imkonini berdi.

Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan korporativ reyting olish har qanday kompaniya tarixidagi asosiy bosqichlardan biridir, chunki u kompaniyaning shaffoflik darajasini ko‘rsatadi, qarz kapitali bozorlariga kirish, investorlar bazasini miqdoriy va sifat jihatidan kengaytirish, xalqaro kompaniya bo‘lish yo‘lidagi birinchi qadamlarni qo‘yadi.

Hozirgi vaqtda tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan chora -tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Gazprombank” va VEB.RF kompaniyalaridan EKSAR sug‘urta qoplamasi bo‘yicha 500 million dollardan ortiq kreditlarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ta'kidlash joizki, ikki kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan buyon ham kengayib, jadal rivojlanib boraveradi. Uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan geologik-texnik tadbirlarni, shuningdek neft-gaz sanoatidagi boshqa istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish taklifi bo‘yicha qat'iy shartnomalar mavjud.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top