16:34 / 08.10.2021
5913

Zoyir Mirzayev: "Uyli bo‘lish baxtini ko‘proq sizlar his etasiz"

Qashqadaryoda 14 nafar yetim bolalarga zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarning ramziy kalitlari topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va xonadon sohiblarini tabrikladi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

– Uyli bo‘lish baxtini ko‘proq sizlar his etasiz, – dedi hokim. – 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ko‘plab chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga baxt ulashmoqda. Sizlarni yangi uy-joy bilan tabriklayman. Kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishingizga ishonaman.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Durdona Jo‘raboyeva 2003 yilda tug‘ilgan, chin yetim. Turmush o‘rtog‘i bilan Qamashidagi 4-sonli Mehribonlik uyida yashab kelardi. Durdonaning fikrlari bilan qiziqdik:

“Shaxsiy uyimiz bo‘lishi haqidagi o‘ylarim yillar davomida azob berib kelardi. Lekin orzum bepul, o‘z uyimiz bo‘lishini xohlaganmiz. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentga rahmat. Otalarcha berilgan bu mehrni faqat Vatanga xizmat bilan qaytaramiz”, – deydi Durdona.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkin, uylarning 13 tasini viloyat hokimligi 1 mlrd 203,5 mln so‘mga sotib olgan bo‘lsa, 1 ta uy Koson tumani hokimligi tasarrufida edi. Barcha uylar yoshlarning o‘ziga rasmiylashtirib berildi.

Zoyir Mirzayev yil oxirigacha yana 20 ga yaqin mana shunday uylarni topshirish rejalashtirilganini ma'lum qildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Ⓣ

Top