Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Sirdaryo, Namangan va Qaşqadaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotiş holatlariga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yaşovçi 34 yoşli fuqaro xususiy tadbirkor maişiy xizmat körsatiş obektlarini qurib, foydalanişi uçun ajratilgan 88 sotix yer maydonining 26 sotixini va unga tutaş bölgan, tuman örmon xöjaligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini ham göyoki öziga tegişli ekanini aytib, xaridorga 46,5 ming dollarga sotiş hamda kadastr tizimida işlovçi tanişlari orqali hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pulni olgan vaqtida uşlangan.
Xovos tumanida kuzatilgan holatda esa 42 yoşli şaxs dehqonçilik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaşgan mas’uliyati çeklangan jamiyatga tegişli 52 gektar suğoriladigan yer maydonini hokimiyat tizimida işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga 312 million söm talab qilgan. Ammo u söralgan puldan 10 ming dollarini oldindan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Töraqörğon tumanida yaşovçi 28 yoşli fuqaro hokimlik zaxirasida bölgan 36 sotix yer maydonini göyoki öziga tegişli ekanini aytib, xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga talab qilgan 25 ming dollardan 10,6 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan.
Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida yaşovçi 52 yoşli şaxs va Davlat kadastrlar palatasining Şahrisabz tuman filiali xodimi özaro til biriktirib, Şahrisabz tumani hududidan özboşimçalik bilan egallab olingan 13 sotix va turar joy sifatida foydalanib kelinayotgan 12 sotix –












