Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet»da eng ko‘p ovoz yig‘gan hudud ma’lum bo‘ldi
Peshqadamlik qashqadaryoliklarga nasib qildi.
2024 yilgi «Tashabbusli budjet» loyihasi 1-mavsumida Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidagi «Qo‘shchinor» mahallasi eng ko‘p ovoz to‘plashga erishdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, mahalla loyiha uchun qariyb 15 mingta ovoz to‘plagan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada birinchi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati ham respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng ko‘p ovoz to‘plagan 1,5 milliondan ortiq. Bu jami ovozlarning 44 foizini tashkil qilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatiga 1-mavsumda 253 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan, 2188 ta loyihalar saralab olingan, 152 ta mahalla bo‘yicha 183 ta loyiha g‘olib bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:21 / 28.01.2026
2026 yilgi “Ochiq budjet” loyihalari taqvimi e’lon qilindi
10:45 / 28.01.2026
«Tashabbusli budjet»ning 10-mavsumi 1 fevraldan start oladi
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
18:26 / 25.12.2025