Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida yaşovçi ota 3 nafar farzandi uçun aliment evaziga Toşkent şahridan uy olib bergan. Bu haqda Kun.uz’ga Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, MIB Yakkaboğ tuman bölimi iş yurituvida fuqarolik işlari böyiça Yakkaboğ tumanlararo sudining sud buyruğiga asosan qarzdor E.B.dan, undiruvçi G.X. foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzand ta’minoti uçun daromadning ikkidan bir qismi miqdorida aliment undiriş haqidagi ijro işi mavjud.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor va undiruvçi özaro kelişuvga erişgan. Ota farzandlari 18 yoşga tölguniça aliment pullari hisobiga Toşkent şahri, Sergeli tumanida joylaşgan xonadonlardan birini hadya qilgan.

Uy undiruvçining nomiga rasmiylaştirib berilgandan söng ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlangan.