19:14 / 11.10.2021
3690

“Iqtisodiyotni liberallashtirish jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish kafolatini bermaydi” - Maqsuda Vorisova

Davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish lozim, deya hisoblashini bildirgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova o‘z saylovoldi dasturida.

Foto: Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati

“Biz iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor munosabatlari jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish kafolatini bermaydi, deb hisoblaymiz. Shu bois davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish hamda tartibga solish bo‘yicha demokratik tizimni shakllantirish lozim”, – deyiladi dasturda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu jarayonda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha barcha jabhalarda ijtimoiy muloqot va jamoat nazorati mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek, davlat tashqi qarzlari hamda investitsiyalar ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini yaratish, investitsiya siyosatida jamiyat manfaatlari himoyasini ta'minlash vazifasi ham qo‘yilgan.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top