“Birlamçi tibbiy yordam sifati, ayniqsa, kam ta'minlangan aholiga malakali birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tarmoğini rivojlantirişda quyidagilarni ustuvor yönalişlar, deb hisoblaymiz”, – deyiladi Vorisovaning saylovoldi dasturida.
Dasturga köra, mazkur vazifani amalga oşirişda quyidagilarni amalga oşiriş reja qilinmoqda:
– mulkçilik şaklidan va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, barça tibbiyot muassasalarida bepul taqdim etiladigan, davlat tomonidan kafolatlangan majburiy tibbiy xizmatlar röyxatini qonuniy jihatdan mustahkamlaş;
– aholini, jumladan, kam ta'minlangan oilalarni, nogironligi bölgan şaxslarni, boşqa ijtimoiy-demografik zaif guruhlarni yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordamdan foydalangan holda, har yili bepul körikdan ötkazişni taşkil etiş;
– aholining alohida toifalari, jumladan, pensionerlar, nogironligi bölgan şaxslarga taqdim etiladigan dori vositalari, medikamentlar, protezlaş vositalari va boşqa tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni bepul taqdim etiş tizimini takomillaştiriş;
– “Dori-darmonlar va tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqiş va qabul qiliş.
Ma'lumot uçun, 20 oktyabr kuni Maqsuda Vorisovaning poytaxtlik saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi.

















