07:49 / 14.10.2021
3111
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun, 14 oktyabr kunidan O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14-20 oktabr kunlari o‘tkaziladi

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi. 

To‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.

2021 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylovda respublikadagi 5ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar ishtirok etishi tasdiqlandi. 

O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlangan. 

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top