14:28 / 16.10.2021
4875
O‘zbekistonliklar tabiiy gazdan 501 mlrd so‘m qarzdor - «Hududgazta'minot»

O‘zbekiston bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq iste'molchining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 501,6 mlrd so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjud.

Foto: KUN.UZ

Hozirgi paytda 2 mlndan ortiq iste'molchilar xonadonlarida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan «aqlli hisoblagichlar» o‘rnatilgan. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati ma'lumot bermoqda.

Shuningdek, zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 mln xonadon mavjud va ular eski namunadagi gaz hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda.

Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq iste'molchining tabiiy gazdan 501,6 milliard so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjud.

Avvalroq, «Hududgazta'minot» gaz uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda «Payme», «Oson», «Slick», «Paynet» mobil to‘lov tizimlari, joylardagi tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari va ko‘plab mahallalarda faoliyat yuritayotgan «Paynet» shoxobchalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilganini ma'lum qilgandi.

«Hududgazta'minot» AJ boshqarma boshlig‘i Bahodir Vahobovga ko‘ra, iste'molchida qarzdorlik aniqlansa, unga albatta xabarnoma yuboriladi va qarzni to‘lash uchun besh kun muddat beriladi. Ya'ni ilgarigidek tabiiy gaz ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi.

Top