09:59 / 02.10.2021
7682

«Hududgazta'minot» tabiiy gaz uchun to‘lovlarni onlayn tizimga o‘tkazmoqda

“Hududgazta'minot” AJ barcha iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida, foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni onlayn tizimiga o‘tkazmoqda. 

Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, gaz uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda “Payme”, “Oson”, “Click”, “Paynet” mobil to‘lov tizimlari orqali, shuningdek, joylardagi tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari va ko‘plab mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Paynet” shoxobchalari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. 

“Shuning uchun, iste'molchilar to‘lovni amalga oshirishda gaz ta'minoti tashkilotlariga borib, qimmatli vaqtlarini ketkazishga hojat yo‘qligi ma'lum qilinib, yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, faoliyat olib borayotgan shoxobchalar va mobil ilovalar orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni “Hududgazta'minot” AJ o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, ushbu jarayon barcha to‘lov tizimlari bilan tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda. Aholi tomonidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar ortiqcha foizlarsiz qabul qilinadi.

Joriy yilning aprel oyida “Hududgazta'minot”da inspektor lavozimi tugatilayotgani, barcha ko‘rsatkichlar uzatilishi onlayn rejimga o‘tkazilishi ma'lum qilingandi.

Top