17:52 / 23.10.2021
10106

AQSh “Al-Qoida” rahbarlaridan biri yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Aviazarba MQ-9 droni orqali amalga oshirilgani aytilmoqda.

Foto: Wikipedia

AQSh Suriyada aviazarba yordamida “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan birini yo‘q qildi, deb xabar berdi AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi.

“Suriya shimoli-g‘arbida berilgan aviazarba “Al-Qoida”ning yuqori martabali rahbari Abdul Hamid al-Matarni yo‘q qildi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, aviazarba natijasida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.

Aviazarba MQ-9 droni orqali amalga oshirilgani aytilmoqda.

“Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti 1988 yilda Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlariga qarshi kurashish maqsadida Usoma bin Lodin tomonidan tashkil etilgan. Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketganidan so‘ng tashkilot o‘z e'tiborini AQShga qarshi kurashishga qaratgan.

Top