16:10 / 25.10.2021
3485
Sudanda harbiylar namoyishchilarga qarata o‘t ochdi

Hodisa oqibatida 12 kishi jarohatlangan.

Foto: Reuters

Sudanda harbiylar mamlakat bosh vaziri va qator hukumat a'zolarining hibsga olinishiga qarshi chiqqan namoyish qatnashchilariga qarata o‘t ochdi. Bu haqda mamlakat shifokorlar markaziy qo‘mitasi xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 kishi jarohatlangan.

Dushanba kuni Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk va kamida 4 nafar vazir, mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr hibsga olingan.

Harbiylar poytaxt Xartumga kirish yo‘llarini va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishgan, shaharda internet va mobil aloqa o‘chirib qo‘yilgan.

Avvalroq bosh vazir hibsga olinganidan so‘ng tibbiyot xodimlari ish tashlash e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top