Ğazo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQŞda "talabalar bahori"
|17:15 / 04.05.202411 14216 min
Qöşma Ştatlar oliygohlarida Falastin xalqini qöllab ötkazilayotgan namoyişlar AQŞ demokratiyasini sinovdan ötkazayotgandek. Namoyiş va norozilik aksiyalari bilan boğliq eng katta qarama-qarşiliklar qanday va ularning asosiy talablarini siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiq bilan tahlil qildik.
— Oliygoh namoyişlari bilan boğliq eng katta qarama-qarşiliklar qanday va ularning asosiy talablari nima?
Kamoliddin Rabbimov: — AQŞning taxminan 25 dan ziyod oliy ta’lim muassasalarida namoyişlar bölyapti, ma’lumotlarga köra, mingdan ortiq talabalar hibsga olingan, turli ayblovlar qöyilyapti. Bir haftaça oldin talabalar qamoqqa olinişi natijasida qolgani befarq talabalar ham qöşilgan. AQŞ OTM ta’siriga köra, ularning iyerarxiyasi bor. Asosan ilğor, salohiyati yuqori universitetlarda şunday namoyişlar bölyapti. Talabalar darsga kirmasdan, universitet hovlisida uzluksiz namoyişlar ötkazyapti. Mana şu namoyişçilarni töxtatiş uçun Milliy gvardiya, politsiya jalb qilingan holatlar mavjud.
Talabalar bir qança. Birinçi asosiy talab: Ğazodagi Isroilning harbiy operatsiyasi şu zahoti töxtatilişi kerak. Ikkinçisi — AQŞdagi oliy ta’lim muassasalarining Isroil oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalari töxtatilişi kerak. Uçinçisi — AQŞning Yaqin Şarq böyiça siyosati qayta körib çiqilişi kerak. OTMda dars beruvçi olimlar, talabalar Falastin tarafida. Tarixan AQŞda OTM nisbatan söl bölgan, ya’ni tenglik, tinçlik tarafdori bölgan. 20-asr örtalarida yaşab ijod qilgan italiyalik marksist, sotsiolist Antonio Gramşi öz ilmiy işlarida bir ğoyani olğa suradi: AQŞ dunyo hamjamiyati kuç ta’siri katta bölar ekan, AQŞ marksizm, sotsializmga qarşi bölar ekan, asosiy e’tiborni AQŞdagi OTMga qaratiş kerak va u yerdagi olim va talabalarga söl ğoyalarni singdiriş kerak, degan ğoya. Gramşi neosotsiolist bölgan, ya’ni demokratiyani, erkinlikni inkor etmagan holda yumşoq vositalar orqali AQŞ va dunyo hamjamiyatida tenglikni ta’minlaşga e’tibor bergan. Bugungi AQŞ OTMdagi namoyişçilar AQŞ ijtimoiy va siyosiy kayfiyatiga jiddiy ta’sir qilyapti.
Hamid Sodiq: — AQŞda talabalarning bunday çiqişi yangilik emas, AQŞ olib borayotgan turli harbiy harakatlarda talabalar fikr bildirib keladi. Bunday yuqori darajada bölişi oxirgi marta Vetnam uruşi davrida yuz bergan. AQŞ demokratiyasi bunday çiqişlarga tayyor. Hokimiyatning repressiv munosabat bildirmayotganiga sabab, bunday jarayonlar demokratiyani sinovdan ötkazib, kuçli qiladi. Şuning uçun bu jarayonni kuzatiş, muhim jarayon ekanini anglaş tendensiyasini köryapmiz AQŞ tomonidan. AQŞ bu namoyişçilarni töxtatib taşlaş imkoniyatiga ega, aslida.
Mavzuga oid
Talabalar şunday qatlamki, ayniqsa, akademik erkinlik mavjud davlatdagi talabalar erkin fikr bildirişi va davlatga qarşi çiqişi tazmin qilinadi va bu taxminni AQŞ biladi. Talaba oiladan uzoqda böladi, öz mablağiga öqiyotgani hisobiga davlatdan uzoq böladi. Professor öqituvçilar qançalik Falastin tarafida bölmasin, ular moliyaviy jihatdan universitetning ta’minotçilariga boğliq böladi. Şuning uçun talabalar faolligi şunday köriniş olyapti. Bu AQŞ demokratiyasini rivojlantiradi, menimça.
Lekin şu vaqtning AQŞni bu masala öylantirmayapti, degan xulosaga xam bormaslik kerak. Ular tegişli xulosa çiqaryapti. Yaqin 5-10 yil içida mana şu talabalar siyosiy, iqtisodiy yoki boşqa sohalarga kirib keladigan qatlam sifatida ularda Netanyahuning, AQŞning uzoq muddatli siyosati qanday bölişi haqida yetarliça savollari bor.
AQŞ top universitetlarida harbiy sohada olib borilayotgan ilmiy işlarning katta qismini Isroil va uning lobbisi moliyalaştirayotganini talabalar biladi. Bu tadqiqotlar qaysi harbiy sohalarga ta’sir qilişini bilgani uçun ham talabalar noroziligi karrasiga oşib ketyapti. Ular bilişadiki, bu tadqiqotlar natijasida oxir-oqibat Falastinda tinç aholining ölimiga sabab bölyapti. Şu omillar talabalarning keskin qarşiligiga sabab bölyapti.
— Jamiyatdagi tölqinga AQŞ demokratiyasi reaksiyasi qanday böladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Şu paytga qadar AQŞ yuqori mulozimlari, Kongress spikeri, kongressmenlar,senatorlar, davlat deportamenti vakillari bu namoyişçilarni tanqid qilişga harakat qildi. Ular aytadiki: AQŞdagi söz erkinligidan talabalar foydalanişga haqli. Lekin ba’zi siyosatçilar propaganda qilib, Isroilni tanqid qilayotgan talabalar bu bilan HAMAS, «Hizbulloh» kabilarni oqlayapti, degan ma’noda gapiryapti.
Lekin umuman olganda, AQŞ ijtimoiy fikri özgaryapti. Ilgari 70-80 foiz aholi Isroil tarafida bölgan oldin. 7 oktyabrdan keyin ham taxminan 1 oyça Isroilni qöllaş yuqori böldi. Lekin globallaşgan axborot davrida yaşayapmiz, ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilib bölmaydi. Axborot erkin bölar ekan, ğoyalar örtasida kuraş paydo böladi. 1947 yildan buyon Falastin qisqarib boryapti, turli guruhlar esa 70-80 yillardan keyin paydo böldi. Muammo markazida agressiv Isroil siyosati turişi hammaga ayon. Şu fonda AQŞ jamoatçilik fikri özgara boşladi. Protestan yoki boşqa qatlamlar 70-80 foizlik qöllovdan ança pastga tuşdi.
Hamid Sodiq aytganidek, bu talablar yaqin kelajakda qaysidir darajalarda hokimiyatga keladi. Ularning pozitsiyasi hokimiyatga ta’sir qiladi, AQŞ siyosati uzoq muddat özgarişsiz qolişi mumkin emas. AQŞ bugun oğir tanlov qarşisida turibdi. Global reputatsiyasida adolatsiz liberal imperiya degan tamğa bosilgan Yaqin Şarqdagi siyosati uçun. Vetnam bilan yaraşgan, Iroq va Afğoniston ham esdan çiqadi. Lekin bir yoqlama Isroilni qöllagani, Falastin davlati taşkil topmagani uçun AQŞ reputatsiyasi salbiy, ayniqsa, arab va musulmon dunyosida. Arab-musulmon sivilizatsiyasi esa insoniyatning törtdan birini taşkil qiladi.
— AQŞ reaksiyasi taşqi siyosatga köçadimi?
Hamid Sodiq: — AQŞ reaksiyasi taşqi siyosatga köçyapti. Saudiyada ötgan xalqaro iqtisodiy forumda Blinken bilan suhbatning katta qismi Falastin bilan boğliq edi. Savol beruvçi Netanyahuni tilga oldi bir neça marta, lekin Blinken uning ismini tilga olmay javob berdi diplomatik jihatdan.
Ular tuşunib yetdiki, Isroil hukumat qonli hukumat. Lekin AQŞ qöllayotgan loyiha nuqtai nazaridan, AQŞning global siyosati nuqtai nazaridan bu loyihani taşlab qöyiş ham mumkin emas. Çunki katta mablağ sarflangan, Isroil loyihasi Yaqin Şarqdagi balansni ham saqlab turadigan davlat ekani sabab. Bir vaqining özi taşqi dilemmani ham vujudga keltiryapti. Agar Isroilni topşirsa, Yaqin Şarqdagi siyosati ham sinadi, Yaqin Şarqdagi liberal demokratiyaning çegaralari sifatida ham köriladi, mana şu çegaralarning sinişi AQŞ loyihasi sinişini anglatadi. Şu nuqtai nazardan ham AQŞ bugun taşqi va içki dilemma böyiça jiddiy qarorlar qabul qilişi kerak.
Bugun Isroilga qançalik köp yordam bermasin, Falastinga ham eng köp yordam berayotgan davlat AQŞ hisoblanadi. AQŞ Isroil masalasini uzoq muddatli hal qilişi kerak böladi. Çunki Isroil butun dunyo hamjamiyati tafakkurida jinoyatçi davlat sifatida şakllanib böldi.
Bugun Isroil dastak qiladigan halakost, yuqori texnologiyali, ilmiy yangiliklar taqdim etayotgan davlat sifatida imiji ham ança şubhaga olindi. Endi AQŞ Isroil borasida jiddiy qaror qabul qilişi lozim.
— Falastin davlatçiligini tan oliş masalasida Yevropa Ittifoqining içki pozitsiyalari örtasida qanday farqlar mavjud?
Kamoliddin Rabbimov: — Kollektiv Ğarb haqida gapirilganda AQŞ rasmiylari yoki jamoatçiligi fikridan YeIdagi qaraşlar farq qilişini köramiz. YeIdagi jamoatçilik, siyosiy elita köproq Falastinga moyil. Bu keça boşlangan tendensiya emas. YeIda musulmonlar ta’siri, Isroil jinoyatlarini anglaş darajasi yuqori. AQŞ va Yevropa örtasida Falastin-Isroil masalasida tafovut bölgan doim. YeI jamoatçiligi fikri allaqaçon Falastin tomonida bir neça ön yillardan beri.
Keyingi davrda YeI içida ham ziddiyatlar böldi. 7 oktyabrdan keyin Jozef Barrel Falastin davlati taşkil topişi haqida gapirdi, undan oldin esa Yevrokomissiya prezidenti Ursula Fon Der Lyayyen Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega dedi. Ya’ni YeIda yuqori mulozimlar örtasida pozitsiyalar töqnaşdi. Lekin Ursula Fon Der Lyayyen pozitsiyasi bekor qilindi. Isroil istagan usulda ayollar va bolalarni öldiriş bilan özini himoya qilişi mumkin emas, degan pozitsiyaga ötildi. Jozef Barrel yaqinda ham bayonot berib, ikki davlat bölişi kerak, Falastin davlati taşkil topmasa, Isroilning özi ham xotirjam yaşay olmaydi, dedi.
AQŞ davlat kotibi Blinken keçagi bayonotida Saudiya va Isroil yaraşuvi bekor qilingani yöq, ertami-keçmi yaraşadi va bu Saudiyaging Eron va HAMASga javobi böladi, dedi. Bayden ma’muriyati Isroilga şart qöyyapti: Falastin davlati taşkil topişi, bosib olingan yerlar qaytarilişi kerak, buning evaziga arab davlatlari Isroilni tan oladi, xavfsizlik, barqarorlik, aloqalar tartibga solinadi. Lekin Isroil bunga rozi bölmayapti.
7 oktyabrdan keyin Ispaniya Isroilni qattiq tanqid ham qilgandi. Ispaniya, Malta, Irlandiya, Sloveniya yaqin oylar içida Falastinni davlat sifatida tan olişi mumkin. Isroil tomoni Falastin davlati tan olinişi örtadagi vaziyatni oğirlaştiradi deb bunga qarşilik qilyapti. Isroil davlatining loyihasi: Falastinga davlat sifatida imkoniya bermaslik. Lekin borgan sari Isroilga xalqaro bosim ortib boraveradi.
— Yevropa Ittifoqidagi ba’zi mamlakatlar tomonidan Falastinni tan olişning dunyo miqyosida muhim geosiyosiy oqibatlari bölişi mumkinmi?
Hamid Sodiq: — Xalqaro huquq me’yorlariga köra, yangi taşkil topgan davlatni tan oliş böyiça aniq bir nizom yöq. Lekin nazariy jihatdan olsak, davlatlar deklarativ yoki konstitutiv tan olinadi. Deklarativ tan oliniş — ma’lum bir davlatning hududi, kuçişlatar tizimlari, hokimiyati paydo bölişi kifoya. Konstitutiv tan oliş — boşqa davlatlar tan olişi.
SSSR kabi kuç bilan uşlab turiladigan federatsiya yoki konfederatsiyalar kuç bölmasa, jam bölib turolmaydi. Ma’lum bir davlatning kuçlari karrasiga köp bölsa, ikkinçi bir davlat teng huquqda qöşib olinişi tarixda deyarli kuzatilmagan.
Davlat paydo bölişiga tösiq bölayotgan 3 ta sub’yektni aytgan bölardim:
1) arab davlatlarida kelişuv yöq, Falastin atrofidagi ba’zi arab davlatlarining Yevropa davlatlariga qaraganda qarşiligi köproq bölişi mumkin. Masalan, Misr juda ham ziddiyatli, Saudiyada Falastin masalasini muhokama qiliş mumkin emas;
2) YeIning Falastinni tan oliş masalasi ham ziddiyatli. Tarixan kuzatsak, tan oliş masalasi ma’lum bir muddatda jonlanadi, keyin tinçiydi. Masalan, 2011-2012 yillar juda köp bahslar bölgan. BMTda ham yagona fikr yöq bu borada;
3) Falastinning özida keyingi masala. Hozir Falastinda 14 ta siyosiy kuç bor, balki köproq. Ularni bir qiliş ham murakkab iş juda. Yuqoriroqdan qaralsa, Falastinning öziga ham kerakmasdek körinib ketadi.
Şuning uçun hozirgi bölayotgan harakatlarni şunday tasavvur qilaman: öldirilgan tinç aholini kompensatsiya qiliş uçun butun dunyo jamoatçiligi fikrini yumşatiş uçun boşlangan jarayondek körinadi menga. Uzoq muddatli Falastinning tan olinişini başorat qilmagan bölardim. Falastin davlat sifatida tan olinişi barça sub’yektlar uçun ziddiyatli masala hisoblanadi.
— Falastin davlati tan olinişining yuqori çöqqisi BMTga a’zo bölişmi?
Kamoliddin Rabbimov: — YeI davlatlarining Falastinni tan olişiga nega Isroil qarşi? Davlatlar tan olinayotganda ular ma’lum bir hudud bilan tan olinadi. Falastin davlatining qonuniy hududi 1967 yilgi çegaralaniş hisoblanadi. Agar Ispaniya Falastinni öşa çegaralar bilan tan olsa, öz-özidan Isroil bosqinçi davlat sifatida e’tirof etiladi. Şuning uçun ham Isroil qarşi bölyapti.
BMTda tan olinişiga kelsak. BMTda qaror qabul qilişning 2 ta instansiyasi bor: Boş assambleya va Xavfsizlik kengaşi. Bugun AQŞ pozitsiyasi Isroil roziligisiz Falastinni tan olmaslik hozirça. Yaqinda ham ovozga qöyilganda AQŞ veto qöydi, lekin ittifoqçilari betaraf qoldi. Bu bilan AQŞ Isroilga signal ham beryapti, ya’ni oxirgi himoyaçing menman, şuning uçun aytganimni qil, demoqçi. Umuman, BMT tomonidan tan olinsa, lekin dunyo davlatlarining köpçilik qismi tan olmasa, vaziyat murakkab bölib qoladi.
Yaqin örtada Falastinni tan oliş masalasi qiyin deyildi yuqorida. Lekin baribir jarayon boşlandi. Isroil yaqin örtada demontaj bölmaydi, lekin Isroilning mintaqa va global pozitsiyasi borgan sari zaiflaşyapti. Lekin hali 1967 yilgi bilan Falastin davlati taşkil topişi masalasi juda uzoqda. Bu jarayon bir neça ön yillar davom etadi.
— Falastinni tan oliş natijasida Isroilga qöşiladigan içki va taşqi bosimlar qanday körinişga ega böladi?
Hamid Sodiq: — 1967 yilgi çegaralarning 40 foizdan ortiği okkupatsiya qilingan. BMT rezolyutsiyalarida okkupatsiya qilingan yerlar e’tirof etilgan. 1994 yildagi hujjatga köra, har bir okkupatsiya qilingan yerlar Falastin tomonining BMTga murojaati bilan rasmiylaştirilib borilgan. Masalan, Ozarbayjon ham Qoraboğ masalasida şunday rezolyutsiyalar çiqartirgan edi öz foydasiga.
BMT falajlangan, ta’siri yöq deymiz, lekin BMTning bir yutuqli tomoni şuki, u okkupatsion harakatlarni rasmiylaştirib boradi.
Isroil özi Rossiyadan ham köp sanksiyalar olişi kerak edi. Lekin uning öziga xos jabrdiydaligi, lobbisi kuçliligi, lobbisi moliyaviy, iqtisodiy taşkilotlarga ta’sir ötkaza olişi ahamiyatli hisoblanadi. Isroilga qöllangan sanksiyalar bir vaqtning özida YeI, AQŞ uçun geosiyosiy yoki iqtisodiy jiddiy ta’sir körsatadi. Şuning uçun unga nisbatan sanksiya qöllanmayapti. Lekin, menimça, şunday bir tendensiya şakllanyapti: Isroil davlatçiligini saqlab, Netanyahu hukumatini ajratib, hatto Netanyahuni sudlaş masalalari kun tartibiga çiqyapti va bu jarayon jadallaşadi. Falastin davlati taşkil topişi qiyin bölsa ham, Netanyahu sudlanişi masalasi haqiqatga yaqinroq. Netanyahuni ayblov supasiga olib çiqişyapti.
Kamoliddin Rabbimov: — Isroil siyosiy elitasida kuçli parokandalik. Çunki bugungi Netanyahu hukumati haddan taşqari öng. 7 oktyabrdan oldin ham Netanyahu sud va siyosiy islohotlar taklif etgandi, bu esa siyosiy parokandalikka olib kelgandi.
Taşqi bosim kuçli. Eng yaqin ittifoqçisi AQŞ ham bosim qilyapti. Isroil sababi AQŞga nisbatan işonçsizlik uning uzoq muddatli strategik manfaatlariga ta’sir qilyapti. AQŞ diqqat markazida Xitoy bilan global hokimiyat uçun kuraş, Isroil harakatlari esa bu kuraşda xalaqit beryapti. Arab davlatlari esa şakllanib kelayotgan global janub markazida turibdi. Şuning uçun AQŞ Falastin masalasida hamma uçun optimal yeçim topişga harakat qiladi yaqin ön yilliklar içida. Lekin hamma uçun optimal yeçim mavjud emas, menimça. Çunki Isroil davlati Falastin davlati taşkil topişi özining majruhlanişiga sabab böladi, degan tafakkurda. Falastindagi kuçlar ham Isroilni tan olmaydi, baribir yöq qilamiz, deydi. Bu omilni esa Isroil özi uçun legitimlik sifatida, ya’ni kuç işlatiş uçun asos qilib oladi. Umuman, yeçimi oğir masala bu. Isroilning tarixiy murakkabligi şundan iboratki, arab-musulmon okeanining örtasidagi kiçik bir orolça.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi