
Foto: Epsilon
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Ayzovat konidagi 10-sonli quduqda burg‘ilash ishlari yakunlangach, undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.
Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 30 oktyabr kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ