19:15 / 02.11.2021
2119
O‘zbekistondagi ko‘priklarning qariyb 6 mingtasi ta'mirtalab - «O‘zyo‘linspeksiya»

Respublikadagi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning 7668tasi qoniqarli, 5952tasi ta'mirtalab va 914tasi yaroqsiz holatda ekani ma'lum qilindi.

Foto: Kun.uz

AOKAda «O‘zyo‘linspeksiya» Matbuot xizmati rahbari Komil Shamsiddinov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ma'lum qilinishicha, avtomobil yo‘llaridagi sun'iy inshootlarning holati bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra respublikada jami 14534ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich mavjud bo‘lib, shundan 7668tasi qoniqarli, 5952tasi ta'mirtalab va 914tasi yaroqsiz holatda ekani aniqlangan.

Shuningdek, yo‘l-qurilish obektlarida va yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishda qo‘pol ravishda qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99- va 147- moddalari asosida tegishli choralar qo‘llash bo‘yicha 184ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan va bugungi kunda sudlar tomonidan 157tasi bo‘yicha 192,18 mln so‘m undirilgan.

Nazorat qilish ishlari natijasida 17ta holat bo‘yicha shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida yuqori turuvchi organlarga taqdimnoma kiritilgan.

Top