“Özyölinspeksiya” xodimlari tomonidan umumiy foydalanişdagi hamda mintaqaviy avtomobil yöllarini va sun’iy inşootlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta’mirlaş, saqlaş obektlarida sifat nazorati örnatilgan tartibda taşkillaştirilib, joriy yil yanvar-may oylari davomida 1519ta obektda sifat nazorati olib borildi.
Natijada yöl qurilişi obektlarida aniqlangan 389ta qoidabuziliş holatlarini bartaraf etiş böyiça buyurtmaçi, pudratçi, loyihaçi, saqlovçi va boşqa taşkilotlarning mas’ul xodimlariga 254ta bajarilişi majburiy bölgan yozma körsatma berildi.
Xabar qilinişiça, 254ta körsatmadan 202tasining ijrosi ta’minlangan. Qolgan 52ta körsatmaning ijrosi ustidan nazorat örnatilgan.
Yöl qurilişi obektlarida qöpol ravişda qoidabuzilişlarga yöl qöygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan körsatmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar qöllanişi uçun 20ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborilgan hamda 14ta holat böyiça 19,8 mln sömlik jarima qöllangan.
52ta holat yuzasidan 1958,99 mln sömlik sifatsiz bajarilgan quriliş-montaj işlari hajmini tölovdan çiqariş böyiça talabnoma kiritilgan hamda 619,48 mln sömlik 31ta talabnomaning ijrosi ta’minlangan. Qolgan talabnomalarning ijrosi ustidan nazorat örnatilgan.
Şuningdek, texnik jihatdan tartibga solişga oid normativ hujjatlar talablarida belgilangan ijro hujjatlarini rasmiylaştirişdagi kamçiliklar uçun mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasini körib çiqiş uçun ularning rahbarlariga taqdimnoma kiritilgan.

















