Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, joriy yilda mutasaddi idoralar tomonidan mazkur yöldagi asfaltbeton qatlami qalinligi qayta örganilib, nazorat ölçovi ötkaziş davomida obekt asfaltbeton qoplamasidan olingan 73 ta namuna qalinligi loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga mos emasligi, qoplama qalinligi kam ekani aniqlangan.

Boş pudratçi tomonidan yöl qoplamasi qatlamlar qalinligi me’yordan kam yotqizilgani oqibatida jami 86 728 AQŞ dollari miqdoridagi iş hajmi qöşib yozilgani ma’lum bölgan va tekşiriş davomida uşbu qöşib yozilgan iş hajmlari töliq bartaraf etilgan.

«Özyölinspeksiya» Yöl-quriliş materiallari sifatini nazorat qiliş va yöl sinov laboratoriya boşqarmasi mas’ul xodimlari yotqizilgan asfaltbeton qatlami qalinligi loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga mos bölmasa-da, 2021 yilda ijobiy xulosa berib, davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazganlikda gumonlanyapti.

Mazkur holatda «Özyölinspeksiya» Yöl-quriliş materiallari sifatini nazorat qiliş va yöl sinov laboratoriya boşqarmasi mas’ul xodimlari va boşqalarga nisbatan Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksi 205- va 209-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.