16:32 / 02.11.2021
7178

Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida bir necha nafar sudyani vakolat muddati davriga qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Kengash qarori bilan:

  • Odila Sultonova – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Jasurbek Mamayusupov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Olimjon Qahhorov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat ma'muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati Andijon tumanlararo ma'muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Qahramon Xolmurodov – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Zokir Xudoyberdiyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Jahongir Turdimurodov – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Farrux Samatov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Shuhratjon Do‘saliyev – sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona harbiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Nargiza Mahkamova – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid
Top