19:55 / 04.11.2021
1820
YUNISEF: Iqlim o‘zgarishlari dunyodagi 1 mlrd bolaga tahdid qilmoqda

Aslida iqlim inqirozini bola huquqlari sohasidagi inqiroz deb hisoblash mumkin.

Dunyodagi 1 mlrd bola iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlari tahdidi ostida. BMTning Jyenevadagi ofisida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YUNISEFning iqlim, energetika va atrof-muhit bo‘yicha katta maslahatchisi Gautam Narasimxon ana shu haqida ogohlantirdi. Narasimxon iqlim inqirozi aslida bola huquqlari sohasidagi inqiroz deb hisoblaydi.

“Dunyodagi 2,2 mlrd bolaning 99 foizi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq  kuchli jazirama, bo‘ron, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va havoning ifloslanishi kabi kamida bitta jarayonga duch kelmoqda”,- deya ma'lum qildi u YUNISEFning joriy yil avgust oyida bolalarga yo‘naltirilgan ilk iqlim tahdidlari indeksiga asoslanib.

Bolalar duch kelayotgan iqlim shoklari sog‘liq bilan birga ularning ta'lim va hayot standartlariga ham ta'sir qilishi ta'kidlab o‘tildi.

Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Top