Ukrainada 2025 yilning mart-may oylaridagi jangovar harakatlar natijasida kamida 222 nafar bola va ösmir halok bölgan yoki yaralangan. Undan avvalgi uç oyda mamlakatda 73 nafar voyaga yetmagan uruş qurboni sifatida qayd etilgan, ya’ni uç baravar kam.
YUNISEF hisobotiga köra, birgina aprel oyida Ukrainada 97 nafar bola va ösmir halok bölgan. Bu BMT tomonidan tasdiqlangan 2022 yil iyunidan beri bir oy içida eng köp bolalar orasidagi qurbonlar soni.
YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Rejina De Dominicis şunday dedi: «Uruş Ukrainadagi ukrainalik bolalarga heç qanday muhlat bermayapti. Intensiv hujumlar nafaqat odamlarning hayotiga zomin böliş, balki bolalikning barça jabhalarini yöq qilişda davom etmoqda». De Dominicisning ta’kidlaşiça, şifoxonalar, maktablar, suv va elektr tarmoqlari, şuningdek, bolalar maydonçalariga qilingan hujumlar bu borada ayniqsa halokatli.
YUNISEF, şuningdek, bolalar va ösmirlarning harbiy obektlarga hujum, diversiya yoki ma’lumot töplaş kabi uruş bilan boğliq vazifalarni bajariş uçun onlayn tarzda yollanişi holatlaridan ayniqsa xavotirda. Bunday harakatlar natijasida kamida ikki öğil bola halok böldi, yana biri yaralandi, deya xabar berdi BMTning Ukrainadagi inson huquqlari böyiça monitoringi missiyasi.








