18:58 / 07.11.2021
13525

A Seriya. «Roma» «Venetsiya»ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodovdan gol va assist

Italiya A Seriyasi 12-turi doirasida «Roma» safarda «Venetsiya» mehmoni bo‘lib kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 3-daqiqasida Kaldara hisobni ochgan bo‘lsa, shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov 43-daqiqada «Roma» safida chempionatdagi ilk golini kiritdi – 1:1.

Ikki daqiqa o‘tib esa aynan Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Temmi Abraham rimliklarni tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi – 2:1.

Ikkinchi bo‘limning 65 va 74-daqiqalarida esa Aramu va Okereke gol kiritib, yakunda mezbonlarga g‘alaba keltirdi – 3:2. Shomurodov shu kuni 83 daqiqa to‘p surdi.

Natijada, «Roma» 19 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Venetsiya» 12 ochko bilan 14-o‘ringa ko‘tarildi.

A Seriya. 12-tur
Venetsiya – Roma 3:2

Gollar: 1:0 – 3 Kaldara, 1:1 – 43 Shomurodov, 1:2 – 45 Abraxam, 2:2 – 65, penalti Aramu, 3:2 – 74 Okereke.
Venetsiya – Romero, Matssokki (Ebuexi, 77), Kaldara, Chekkaroni, Xaps, Chrnigoy (Sigurdsson, 46), Ampadu, Buzio, Kiyin (Modolo, 70), Aramu (Tessmann, 77), Okereke (Anri, 89).
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 83), Manchini, Kumbula (Karles Peres, 66), Rojyer, Veretu, Kristante, Pellegrini, Shomurodov (Mayoral, 83), Abraham, El-Shaaravi (Dzanolo, 77).

Top