16:50 / 08.11.2021
17440
Tuvalu tashqi ishlar vaziri BMT konferensiyasi uchun nutqini tizzasigacha suvda turgan holatda o‘qib berdi

Dengizda turgancha nutq so‘zlagan Saymon Kofe aks etgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va shu orqali mamlakatning dengiz sathi ko‘tarilishiga qarshi kurashiga e'tibor qaratdi.

Foto: Reuters

Tuvalu davlati tashqi ishlar vaziri BMTning Glazgodagi iqlim bo‘yicha konferensiyasi uchun mo‘ljallangan nutqini tizzasigacha suvda turgan holatda o‘qib berdi, deb yozadi Reuters.

Dengizda turgancha nutq so‘zlagan Saymon Kofe aks etgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va shu orqali mamlakatning dengiz sathi ko‘tarilishiga qarshi kurashiga e'tibor qaratdi.

Foto: Reuters

Kofening qayd etishicha, Tuvalu iqlim o‘zgarishi va dengiz sathi ko‘tarilishi oqibatlariga qarshi kurashib kelmoqda.

Tuvalu – Tinch okeanida joylashgan orol-davlat bo‘lib, aholisi 11206 nafarni tashkil etadi.

Avvalroq Glazgo shahrida BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasi ochilgandi. 200 mamlakatdan kelgan delegatlar qariyb ikki hafta davomida sayyorani global isishdan qutqarish masalasini muhokama qiladi.

Top