Özbekistonga qiş fasli kirib kelganiga bir oy böldi. Yana quruq va yana qorsiz qiş...

Oxirgi yillarda qişda qor yoğişi odatiy hol emas, istisno holatga aylanib boryapti. Bu istisnolar ham uzoqqa çözilmayapti: yoğgan qorlar juda tez erib ketyapti.

Prognozlarga köra, bu yilgi qiş ham me’yordan iliqroq ötadi. Va bora-bora Özbekistonda qişning iliq bölişi ham me’yorga aylanib qoladi.

Mutaxassislarning sözlariga köra:

— “Özi aslida oxirgi 10 yilda Özbekistonda qiş deyarli bölgani yöq...”

— “Sönggi paytlarda global harorat köpyillik iqlimiy me’yorlardan 1 gradus isigan bölsa, Markaziy Osiyo 2 gradusga isidi. Özbekistonda harorat global miqyosdagidan köra tezroq kötarilgan va bu davom etadi...”

— “Borib-borib Özbekiston subtropik iqlim ölkasiga aylanişi mumkin, bunday iqlim şaroitida 3-4 yilda bir marta qor yoğişi mumkin xolos...”

— “Qor yoğmadi degani, qurğoqçilik böladi deganidir. Yangi şaroitga moslaşişimiz şart!”

Yuqoridagilarning barçasi fakt: biz global iqlim özgarişi fonida harorati şiddat bilan isib borayotgan davlatlar qatoridamiz.

Afsus bilan aytiş mumkinki, qorsizlik – bizning kelajagimiz, balki bugunimiz. Biroq iqlim özgarişi qarşisida dahşatga tuşiş emas, yangi reallikka iloji boriça kamroq yöqotişlar bilan kirib boriş haqida öylaş lozim.

  • Körsatuv ijodkorlari unda iştirok etgan mutaxassislarga, xususan “Özgidromet”ga samimiy minnatdorçilik bildiradi.