Amudaryo quyi oqimida suv taqçilligi yildan yilga oğirlaşmoqda. Xususan, oxirgi 4 yildan beri Tuyamöyin suv omboridagi suv miqdori ölik sath atrofida tebranmoqda.
“Amudaryoning quyi oqimida bahordagi issiq va kamyoğin davr joylarda suv tanqisligini, Tuyamöyinda sovuq mavsumda töplangan suvning oxirgi hajmlari işlatilişiga sabab böldi”, deyiladi Uzb_Meteo kanalida.
Meteojurnal'ning yozişiça, mayning boşida suv omboridagi suv hajmi 2,5 km kubgaça kamaygan. Mayning ikkinçi ön kunligida suv omboriga kiriş oqimi prognozdagidan 1,23 km kubgaça kam böldi. Suv omboridan 0,15 km kubgaça suv oqib çiqdi. Natijada suv hajmi 2,3 km kubga kamayib ketdi. Bu suv ombori uçun juda ham minimal holatdir. Amudaryoning quyi oqimida juda kuçli suv tanqisligi mavjud. Mart-aprel oylarida hududdagi ekinlarning suvga bölgan talabi issiq va quruq havo omili tufayli mavsumga xos bölmagan tarzda 50 foizga ortib ketgan.
Suv sathi kamayişiga qaysi omillar ta’sir körsatmoqda?
Birinçidan, oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda köpyillik örtaça me’yorlardan balandroq havo harorati yangi me’yorga aylanib bormoqda. Jazirama kunlar soni avvalgiga qaraganda köpaydi. Mintaqada örtaça yillik harorat global örtaça körsatkiçdan tezroq kötarilmoqda. Bu esa suv resurslariga bölgan talabni oşirdi.
Ikkinçidan, Afğoniston hukumati Balx viloyatida ulkan Qöştepa kanalini quriş loyihasini faol ravişda amalga oşirmoqda. Bu Amudaryo suvining keskin kamayişiga ta’sir körsatadi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Özbekiston va Turkmaniston mintaqaning asosiy daryosidan suğoriş işlari uçun oladigan suvning 15 foizini yöqotadi. Xususan, mayning birinçi ön kunligida Amudaryo suvining Qöştepa kanaliga oçib yuborilişi ham Tuyamöyin suv omboridagi suv miqdorining qisqarişiga ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Uşbu vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlarining Afğoniston bilan suv taqsimoti böyiça heç qanday kelişuvga ega emasligi katta muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Uçinçidan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida kuzatilgan anomal sovuq ta’sirida Qoraqum kanalida avariya holati yuzaga kelgan












