Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlim o‘zgarishi sabab dunyo iqtisodiyoti keyingi 30 yilda 8 trillion dollar yo‘qotishi mumkin
BMTga ko‘ra, oxirgi 20 yilda dunyo bo‘yicha tabiiy halokatlar sabab 1,2 million odam halok bo‘lgan, iqtisodiyotga 3 milliard dollar zarar yetgan.
Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi 20 yilda tabiiy ofatlar intensivligi dunyo miqyosida 5 barobarga oshgan. Bu haqda O‘zgidromet bosh direktor o‘rinbosari Ibratjon Karimov ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 1971 yildan beri to hozirgacha 11 mingdan ortiq iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq yirik tabiat halokatlari sodir bo‘lgan. Keyingi 30 yilga qilinayotgan bashoratlarga qaraganda, dunyo iqtisodiyoti iqlim o‘zgarishi natijasida 8 trillion dollar mablag‘ yo‘qotishi yoki YaIM 3 foizgacha pasayishi mumkin.
Ibratjon Karimov iqlim o‘zgarishlarining O‘zbekistondagi salbiy ta’siri miqyosiga ham to‘xtaldi.
“Orol dengizining halokatli qurishidan keyin, Orol hududidagi 5 mln 300 ming gektar maydonda Orolqum paydo bo‘ldi. Natijada atmosferaga har yili 100 mln tonna tuzli changlar ko‘tarilyapti. Ular Antarktidadan ham, kosmosdan ham topilmoqda. Bundan tashqari, dunyodagi isish jarayonlari O‘zbekistonning shimoliy hududlari bo‘lmish Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham isishni 2 barobar tezlashtirgan”, – dedi Karimov.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026