01:30 / 09.11.2021
14145

Eldor Shomurodov A Seriya tur ramziy jamoasidan joy oldi

Foto: Getty Images

Statistik ma'lumotlarni taqdim etib boruvchi WhoScored portali Italiya A Seriyasi 12-turi yakunlariga ko‘ra tur ramziy jamoasini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, «Venetsiya» - «Roma» (3:2) o‘yinida bitta gol va assistni amalga oshirgan rimliklar hujumchisi Eldor Shomurodov hafta jamoasiga kiritilgan. «Roma»dan faqat o‘zbekistonlik o‘yinchi e'tirof etilgan bo‘lsa, «Venetsiya» safidan bir yo‘la uch nafar o‘yinchi – darvozabon Romero va himoyachilar Kaldara hamda Haps joy olgan. 

Manba: WhoScored

Avvalroq, statistik portal 10 ballik tizimda o‘yinchilarni baholab, rimliklar safidan eng yuqori ballga (8,5) Eldor Shomurodovni loyiq ko‘rgandi. U shu kuni 83 daqiqa to‘p surdi.

Ma'lumot uchun, «Roma» 12 o‘yindan keyin 19 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Eldor A Seriya joriy mavsumida 10ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top