07:39 / 09.11.2021
5609
O‘zbekistonga 9 oyda qancha go‘sht olib kelingani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 9 oyda xorijdan 21 109 tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 21 109 tonna go‘sht import qilgan. Go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 865 tonnaga oshgan.

2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar quyidagicha: 

  • Belarus – 14 403 tonna;
  • Qozog‘iston – 3 220 tonna;
  • Ukraina – 2 018 tonna;
  • Rossiya – 559 tonna;
  • Moldova – 540 tonna.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilning 9 oyida 1,9 mln. tonna go‘sht yetishtirilgan.

Avvalroq, "Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolangandi.

Qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Mavzuga oid
Top