Qöşimçaga köra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgaça bölgan davrda göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyişdan olinadigan mahsulotlarni, kartoşkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qiliş böyiça aylanma, şuningdek ularni Özbekistonga olib kiriş qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilindi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kirdi.
Avvalroq, Özbekistonda ösimlik yoği narxini barqaror saqlaş maqsadida 2021 yil oxirigaça ösimlik yoği qöşimça qiymat soliğidan ozod etilgan, biroq bu narx-navoga ta'sir körsata olmagandi.
Şuningdek, 2022 yil 1 maygaça import qilinadigan sitrus mevalar ham bojxona bojidan ozod qilingandi.
Ötgan yili ham göşt, şakar, yoğ va kartoşka QQSdan vaqtinça ozod qilingan, bu pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilgandi.
















