20:09 / 10.11.2021
5238

Fransiya atom reaktorlari qurilishini tiklaydi

Mamlakat hukumati yaqin vaqt ichida oltitagacha yangi reaktor qurilishi to‘g‘risida e'lon qilishi kutilmoqda.

Foto: Francois Mori/AP

Fransiya energiya importiga qaramlikni kamaytirish va elektr energiyasi narxi keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun atom reaktorlari qurish dasturini tiklaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

“Oxirgi bir necha o‘n yil davomida ilk bor mamlakatimizda yadroviy reaktorlar qurishni tiklash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqishni davom ettirish niyatidamiz”, — dedi Makron.

Fransiya hukumati yaqin vaqt ichida oltitagacha yangi reaktor qurilishi to‘g‘risida e'lon qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, o‘n yildan buyon qurilayotgan Flamanvill AESi ishga tushmaguncha atom reaktorlari qurish bo‘yicha biror-bir loyiha tiklanmaydi. 

Fransiya oxirgi marta 1999 yilda Sevo AESini ishga tushirgandi. Mamlakatda 56ta atom reaktori ishlaydi.

Top